
Zidan bir guruh futbolchilarni haydayapti
“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Erlig Xoland va Kilian Mbappening transferiga mablag‘ topish maqsadida jami olti nafar futbolchini sotib yuborishga qaror qildi.
Bosh murabbiy Zinedin Zidan ketadiganlar ro‘yxatiga himoyachi Rafael Varan, yarim himoyachilar Marko Asensio, Dani Sebalos va Martin Edegor, hujumchilar Mariano Dias va Luka Yovichni kiritdi.
Bu futbolchilarning aksariyati hozirning o‘zida boshqa klublarda ijara asosida to‘p tepmoqda.
Shuningdek, Serxio Ramosning kelajagi ham mavhumligicha qolmoqda. Tomonlar hali yangi bitim bo‘yicha bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Avvalroq, Ispaniya futboliga ko‘nika olmagan va aksariyat vaqtini jarohatlarini davolashga sarflayotgan Eden Azarning transferga qo‘yilishi haqida ham xabarlar chiqqan edi.
Fikrlar