Zidan Ferlan Mendini Frantsiya terma jamoasining asosiy himoyachisi qilmoqchi

  • 29.07.2026 21:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi yana Frantsiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin.

L’Equipe nashri ma’lumoticha, «uch ranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchini milliy jamoaga taklif etishga tayyor, agar u yana o‘zining eng yaxshi sport formasiga qaytsa. Zidan Mendi iste’dodini yuqori baholaydi va uni Frantsiya terma jamoasining asosiy chap qanot himoyachisiga aylantirishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ferlan Mendi Zinedin Zidan qo‘l ostida «Real» tarkibida to‘p surgan. Himoyachi oxirgi bor Frantsiya terma jamoasi sharafini 2024 yil iyun oyida Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida himoya qilgan. Umumiy hisobda Mendi milliy jamoa safida 10 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!