Zidan Frantsiya terma jamoasida nima qilasan, bizga kel!

  • 28.12.2025 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ishonchli manbalarga tayanadigan mashhur RMadrid actu akkaunti X ijtimoiy tarmoğida xabar berishicha, “Qirolik klubi” prezidenti Florentino Peres bungača ikki marta “Real”ni boshqargan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan ni yana jamoaga qaytarishni maqsad qilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, “Real” xo'jayini Zidan ni uchinchi marta bosh murabbiyi lavozimiga  tayinlashga qat'iy qaror qilgan.

Qayd etish kerakki, Zidan 2021 yili “Real” bosh murabbiyligini tark etganidan beri har mavsum bo'ladigan manfaatli chorlovlarning birortasini qabul qilgani yo'q. Uning orzusi Fransiya terma jamoasiga ustozlik qilish.

Didye Desham bu lavozimni 2026 yildgi jahon chempionatidan keyin bo'shatishi kutilyapti. Florentino Peres esa, Zinedinni Fransiya futbol federatsiyasi terma jamoa murabbiyligi uchun taklif qiladigan shartnomadan voz kechishga ko'ndirmoqchi.

“Real”ning bosh rejasi – 2026 yilda jamoa boshqaruvida aynan Zidan ni ko'rishdan iborat.

Shuningdek, turli manbalar madridliklarning hozirgi bosh murabbiyi Xabi Alonso ning mavqei jamoaning barqaror bo'lmagan o'yini fonida noaniq holatda ekanini xabar qilmoqda. Ispaniyaning nufuzli OAVlari uni yaqin orada ishdan bo'shatilishi mumkinligini yozgan.

Eslatib o'tamiz, Zidan “Real” bosh murabbiyi sifatida klub bilan ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g'alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!