Zidan Frantsiya terma jamoasini "Real" uslubida o‘ynatadigan bo‘ldi

  • 29.07.2026 09:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa uning qo‘l ostida qay tarzda o‘ynashini ma’lum qildi.

- Mening o‘yin uslubimni yaqin orada ko‘rasiz. Bu haqida sentabr oyidagi matbuot anjumanida batafsil gaplashamiz. O‘sha yerda o‘z g‘oyalarimni qisqacha tushuntirib beraman. Hammasini muhokama qilishga vaqt bo‘ladi. Uslubim “Real”da qilayotgan ishimgа o‘xshash bo‘ladi. Frantsiya terma jamoasi mening murabbiylik yo‘limning mantiqiy davomi, — dedi Zidan.

Uning ta’kidlashicha, unga eng katta ilhomni aynan o‘yning o‘zi beradi.

- Men 10-raqam ostida o‘ynagan futbolchi bo‘lganman. Meni doim ilhomlantirgan narsa — gol urish istagi. Albatta, butun jamoa muvozanati ham juda muhim. Men o‘yinni yaxshi ko‘raman. Faoliyatimni Frantsiyada boshlaganman, so‘ngra 25 yilni Ispaniyada o‘tkazdim — bu nima anglatishini o‘zingiz ham yaxshi tushunasiz, — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Zidan so‘zlariga ko‘ra, u maydonda yetakchi bo‘lgani kabi, endi tajribasiga tayanib, shu rolni murabbiy sifatida davom ettirmoqchi.

- Maydonda yetakchi edim, endi esa o‘z tajribam orqali murabbiy sifatida ham yetakchi bo‘lishni istayman. Bizda barcha sharoit bor: ajoyib futbolchilar, yaqin vaqtda shakllanadigan murabbiylar shtabi. Mening yetakchi sifatidagi asosiy vazifam — ushbu jamoa g‘alabalarini davom ettirishini ta’minlash, — deya Zidan so‘zlarini Frantsiya futbol federatsiyasining rasmiy sayti keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, seshanba, 28 iyul kuni Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) 54 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Kelishuv 2030 yildgi jahon chempionati yakunlanguniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!