
Zidan: Isko terma jamoa uchun muhim futbolchi ekanligini isbotlamoqda
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan shogirdi Iskoning harakatlaridan to‘liq qoniqish hosil qilayotganini bildirib o‘tdi. Frantsiyalik mutaxassis “Real”ning asosiy tarkibida muqim joy olgan ispaniya terma jamoasi futbolchi bilan hayrlashishni istamayapti.
“Isko ajoyib formada va men bundan mamnunman. U Ispaniya terma jamoasi uchun muhim futbolchi ekanligini isbotlamoqda”, - deydi Zidan Marca nashriga bergan intervyusida.
Iskoning ta’kidlashicha, ayni damda uning “Real” bilan shartnomasi bor va u jamoasini almashtirish haqida o‘ylamayapti.
Fikrlar