Xabib Nurmagomedov: "Rossiya ommaviy axborot vositalari maktabda o‘ldirilgan bola haqida hech qanday izoh bermadi"
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov o‘zining telegram kanalida Rossiya ommaviy axborot vositalari uning aeroportdagi ibodatini faol muhokama qilgani, biroq Moskva yaqinidagi Odinsov maktabida bola halok bo‘lgan shafqatsiz hujumga deyarli e’tibor qaratmagani haqida keskin fikr bildirdi.
"Aeroportda, qaysidir burchakda, hech kimga xalaqit bermasdan, namoz o‘qiganim haqida juda ko‘p telegram kanallar izoh berdi. Maktabdagi vahshiyona hujum va bolaning o‘ldirilishi haqida esa hech kim izoh bermadi. Buyog‘i qiziq bo‘lyapti", - deb yozdi Habib o‘zining telegram-kanalida.
Ma’lumot uchun, Nurmagomedov ta’kidlayotgan voqea 16 dekabr kuni ertalab Odinsovo okrugining Gorki-2 qishlog‘idagi maktabda sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 15 yoshli o‘smir o‘quv muassasasiga pichoq va qo‘lbola portlovchi qurilma olib kirgan. U qo‘riqchi va 10 yoshli to‘rtinchi sinf o‘quvchisi Qobiljon Alievga pichoq bilan zarba berib, harakatlarini telefonga yozib olgan.
Fikrlar