
Zidan Iskoni jamoada olib qolmoqchi, "Real" rahbariyati esa bunga qarshi
“Real” Madrid yarim himoyachisi Iskoning “Santyago Bernebeu”dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Ta’kidlash kerakki 27 yoshli ispaniyalik futbolchi Santyago Solari bosh murabbiyligi davrida bor yo‘g‘i 18% uchrashuvlarda qatnashgan. Biroq, Zinedin Zidan jamoaga qaytgach u yana asosiy tarkib futbolchilari qatorigi qo‘shildi.
Frantsiyalik mutaxassis Iskoni tarkibda olib qolishni xohlamoqda, biroq, “qirollik klubi” rahbariyatida faoliyat olib boradigan insonlar uning sotib yuborilishini xohlashmoqda. Ularning fikricha ayni damda Iskoni qimmatroq narxda sotib yuborish mumkin. Agar u yangi mavsumda yana zaxirada qoladigan bo‘lsa, keyinchalik uning narxi pastlab ketadi.
Qayd etish kerakki, Transfermarkt talqini bo‘yicha Iskoning bahosi yarim yil ichida 90 mln evrodan 60 mln evroga tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Isko “Manchester Siti”ga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Zidanning qaytishi uning bu boradagi fikrini o‘zgartirib yubordi. Endi u Madridda qolishni xohlamoqda.
Fikrlar