Zidan: "Italiyaga qarshi o‘yinda bizga Mbappe yetishmadi, deb ayta olmayman"

  • 03.10.2026 14:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar Ligasi doirasida Italiyaga qarshi oʻyinda Kilian Mbappening maydonga tushmagani natijaga qanchalik taʼsir koʻrsatganini aytdi.

Zidanning taʼkidlashicha, Italiyaga qarshi bellashuvda jamoa oʻyinini faqat Mbappening yoʻqligi bilan bogʻlash toʻgʻri emas.

«Hozir u bu yerda emas, shuning uchun bu mavzuda ortiqcha gapirishning hojati yoʻq. Kilian jarohat olgan», – dedi Frantsiya terma jamoasi ustozi RMC Sport bilan suhbatda.

Eslatib oʻtamiz, fransuzlar Italiyaning magʻlub eta olmadi va joriy mavsum Liga millatlarida ilk bor ochko yoʻqotdi. Frantsiya tarkibidagi yagona golni Maykl Olise urdi, unga golli pasni Rayan Sherki yoʻlladi.

Maʼlumot uchun, Kilian Mbappe avvalroq Turkiyaga qarshi oʻyinda kichik jarohat olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!