Zidan La Ligada yubiley g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 27 sentabr, 2020, 11:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Real” La Liganing 3-turini safarda “Betis”ga qarshi o‘tkazdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

E’tiborlisi, bu “qirollik klubi” ustozi Zinedin Zidan uchun Ispaniya chempionatida bosh murabbiy sifatida qozonilgan 100-g‘alaba bo‘ldi. Frantsiyalik mutaxassisga bu natijani qayd etishi uchun 147 ta o‘yin kifoya qildi.

Zidan “Real”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida Madrid klubi ikki bor (2016/17, 2019/20) mamlakat chempionligini tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!