
Zidan rahbarlar oldida izza bo‘ldi. U katta xato qilib qo‘ydi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Qirollik klubi” rahbarlari oldida uyalib qoldi. Frantsiyalik mutaxassis bir necha kuchli futbolchilarni yaroqsizga chiqarib, ularni arzonga boshqa jamoaga sotib yuborgan edi.
Xususan, Zidan rahbarlarni boshqa yuqori darajada o‘ynay olmasligiga ishontirgan Xames Rodriges Angliya chempionatida nimalarga qodirligi isbotlab kelmoqda. Qisqa muddatda “Everton” etakchisiga aylangan kolumbiyalik pleymeyker beshta uchrashuvda uchta gol urib, jamoadoshlarini uchta golli pas bilan ta’minladi.
Qolaversa, Zidanga yoqmagani uchun Madridni tark etgan Serxio Regilon va Dani Sebalos ham Angliyada o‘zini ko‘rsatmoqda. Endi ular qatoriga Mourinoning yoqimtoyi Garet Beyl ham qo‘shilishi mumkin.
Bu futbolchilar Zidanning qarori noto‘g‘ri bo‘lganini o‘z o‘yinlari orqali isbotlab bermoqda. Yozda birorta o‘yinchini transfer qilmagan “Real”da esa kadrlar masalasi ko‘ndalang bo‘lib turibdi.
Fikrlar