
Zidan: "Xames yaxshi formada. Beyl muhim futbolchi"
"Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Selta"ga qarshi o‘yin oldidan bir qator savollarga javob berdi.
Beyl borasida
"U ketadigandek edi, lekin u hali ham biz bilan. Beyl muhim futbolchi. Asosiy tarkibni aniqlashda bosh og‘riqqa duch kelaman."
Xames borasida
"U yaxshi formada, Xames jamoamizda ekanligidan xursandman."
Vinisius borasida
"U endigina 18 yoshda, men uni ham qolganlar kabi ko‘raman. Mening vazifam, eng yaxshi o‘yinchilarni tanlash."
Kubo borasida
"Umid qilamanki, u yaxshilanishda davom etadi. Kubo o‘ynashni "Kastilya"dan boshlaydi, ammo u "Real" ning kelajagi."
Neymar borasida
"U "Real" o‘yinchisi emas, men faqat o‘z jamoamga e’tibor qarataman."
Pogba borasida
"Meni, jamoamiz futbolchilaridan ko‘nglim to‘q. Hozir, bor e’tiborim "Selta"ga qarshi uchrashuvga qaratilgan."
Fikrlar