Zidan Xamesdan mamnun, ammo "Real" Neymar, Pogba yoki Fernandeshni xarid qilsa, Madrid klubidan ketishi mumkin

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Xames borasida fikrini yaxshi tomonga o‘zgartirdi.

28 yoshli futbolchining mashg‘ulotlarda ishlashidan Zidan mamnun.

Zidan "Selta"ga qarshi uchrashuvda Xamesni maydonga tushirishni reja qilgan edi, biroq Modrichning kutilmaganda qizil kartochka olishi tufayli Zidan rejasini amalga oshira olmadi. Shuning uchun La Liganing navbatdagi tur o‘yinlarida Xamesni madonga tushirishni niyat qilmoqda.

Xabar qilinishicha, Xamesning klubdagi holati Neymar, Pogba yoki Bruno Fernandeshning transferiga bog‘liq. Agar shu futbolchilardan birortasini madridliklar xarid qilishsa, Xames Madrid klubining xayrlashishni istagan futbolchilar ro‘yhatiga qo‘shilib qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!