Zidan “zaxira quroli”dan ayriladi

  • 03.01.2021 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Lids” jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa “Real” a’zosi Lukas Vaskesni olishni rejalashtirmoqda.

Argentinalik mutaxassisga Vaskesning universalligi va sifatli o‘yini ma’qul kelmoqda. Futbolchining shartnomasi yozda yakunlanishi bois, u hozir istalgan jamoa bilan muzokaraga kirishishi mumkin.

Zinedin Zidan ham Vaskesni jamoada olib qolmoqchi. U klub rahbarlari shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda.

“Lids” Vaskesga doimiy o‘yin amaliyotini kafolatlayapti. Zidan esa undan “zaxira quroli” sifatida foydalanyapti. Vaskes Zidan davrida zaxiradan eng ko‘p o‘yinga tushgan futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!