
Zidanga ham PSJ direktori yoqmayapti
Zinedin Zidan PSJni boshqarish uchun klub rahbariyatidan taklif olganidan xabaringiz bor. Umuman olganda, frantsiyalik mutaxassis parijliklarga ustozlik qilishga rozi. Qolaversa, Zidan klub xo‘jayini Nasser Al-Xalaifiy bilan yaxshi munosabatda.
Shunga qaramay, Zidanga ma’qul kelmay turgan bir jihat bor. Zinedin PSJ sport direktori Leonardoning qarorlariga bo‘ysunib qolishni istamayapti. Aynan mana shu omil tomonlar o‘rtasidagi shartnomaning imzolanishiga to‘sqinlik qilib turibdi.
Aytish doizki, Leonardo bilan PSJni boshqargan davrida Tomas Tuxel ham chiqisha olmagan. Hozirgi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning ham Leonardo bilan munosabatlari yaxshi emasligi ko‘pchilikka ma’lum.
Zinedin Zidan “Real”dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
Fikrlar