Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Zidanning sobiq klubi jon saqlab qolishiga imkon topildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

«Bordo» klubi Britaniya investitsiya jamg‘armasiga 1 yevro evaziga sotilgan

Frantsiyaning mashhur «Bordo» klubi bankrotlik va tugatilish xavfidan qutulib qolishi mumkin. Bu haqida nashr L'Équipe xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Britaniyaning Sparta Capital investitsiya jamg‘armasi klubni hozirgi egasi Jerar Lopesdan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan va zarur moliyaviy kafolatlarni taqdim etgan.

Xabar qilinishicha, yangi egalari tomonidan kiritiladigan investitsiyalar hajmi taxminan 10 million evroni tashkil etadi. Klubning o‘zi esa ramziy ravishda 1 evro evaziga sotilgan.

Avvalroq «Bordo» Frantsiya chempionatining to‘rtinchi divizionidan chiqarib yuborilgan edi. Yangi moliyaviy kafolatlar tufayli klub bu qarorni bekor qilishga erishish va professional maqomini saqlab qolishga umid qilmoqda.

«Bordo» Frantsiya chempioni unvonini olti marta qo‘lga kiritgan, to‘rt marta mamlakat Kubogini yutib olgan klub hisoblanadi. Ushbu jamoa tarkibida Didye Desham, Zinedin Zidan, Erik Kantona, Jan-Pyer Papen kabi mashhur futbolchilar o‘ynagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q