Zinchenko mavsumni La Liga klubida davom ettirishi mumkin

  • 19.01.2022 17:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning "Betis" klubi "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

El Chiringuito TV tarqatgan xabarga qaraganda, “Betis” 25 yoshli ukrainalik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha “shaharliklar”ga taklif yuborgan.

Zinchenko joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan, transfer narxi esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!