Zinedin Zidan PSJni boshqarish taklifini rad etdi
PSJ Kristof Galteni bosh murabbiylikdan bo‘shatgani haqida xabar berilgandi.
"Le Parisien" nashrining xabar berishicha, bir necha hafta oldin Parij klubi Zidanga keyingi mavsumda jamoani boshqarishni taklif qilga. Biroq frantsiyalik mutaxassis bu taklifni rad etgan. Avvalroq, PSJ Zidanni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylantirishni rejalashtirgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, poxtaxt klubining futbol bo‘yicha maslahatchisi Luis Kampos Parijda "Bavariya"ning sobiq ustozi Yulian Nagelsmanning vakili bilan uchrashgani xabar qilingandi. Uchrashuvda nemis mutaxassisi bilan mumkin bo‘lgan hamkorlik tafsilotlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, PSJ Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike va "Bayer" bilan ishlayotgan Xabi Alonso variantini ko‘rib chiqmoqda.



Fikrlar