Zinedin Zidan: "Ronaldu ham, Modrich ham menga yoqadi"
"Real Madrid"ni bir necha mavsumlar davomida boshqargan frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidandan u yana qaysi futbolchini shogird sifatida ko‘rishni istashi haqida so‘rashdi.
"Men ikkalasini ham tanlayman — ham Ronaldu, ham Modrich. Ular ajoyib futbolchilar. Men "Real"da ularning mashg‘ulotlarda qanday ishlaganini ko‘rganman. O‘sha jamoa o‘yin paytida deyarli to‘p yo‘qotmasdi", — dedi Zidan "MadridXtra"bilan bo‘lgan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan qo‘l ostida "Real" Ispaniya chempioni bo‘lgan va UEFA Chempionlar ligasida uch marta ketma-ket g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar