Zlatan Ibrohimovich Levandovskiga ish topdi
Polshalik hujumchi Robert Levandovski “Barselona”da oxirgi mavsumini o‘tkazmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning 30 iyunida tugaydi.
37 yoshli forvard hozirdan yangi klubdan taklif olyapti. Xaridorlar orasiga “Milan” ham qo‘shildi.
Milanliklar Robert Levandovskini transfer uchun ortiqcha pul to‘lamasdan, o‘z hujum chizig‘ini yuqori darajadagi o‘yinchi bilan kuchaytirishni mo‘ljallayapti.
Zlatan Ibragimovich “Milan”ga Levandovskini olib kelish g‘oyasini faol targ‘ib qilmoqda. Uning fikricha, hujumchi yosh jamoa uchun namuna bo‘lishi va darhol yuqori darajadagi natijalarni keltirishi mumkin.
Biroq, vaziyat maosh miqdori tufayli murakkablashishi mumkin. “Milan” o‘yinchining maoshini kamaytirishga roziligini talab qiladi, bu mashhur agent Pini Zaxaviga yaqin manbalarning so‘zlariga ko‘ra, oson bo‘lmaydi.
Fikrlar