Zlatan Shvetsiya terma jamoasi yig‘iniga borishni rad etdi

  • 19 may, 2022, 19:02
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" klubi hamda Shvetsiya hujumchisi Zlatan Ibragimovich terma jamoa yig‘iniga chaqiruvni rad etdi. Bunga uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab sifatida ko‘rsatilgan.

"Football Italia" xabariga ko‘ra, 40 yoshli hujumchi Millatlar ligasining navbatdagi bahslarida ishtirok eta olmaydi. Biroq bu uning terma jamoadagi faoliyati yakunlandi, degani emas.  Zlatan sog‘ayishi bilan yana yig‘inda ishtirok etishi mumkin.

Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasi safida 121 o‘yin o‘tkazib, 62 gol urishga erishgan. Shuningdek, u 2002 va 2006 yilgi Jahon chempionatlarida hamda 2004, 2008, 2012 va 2016 yilgi Evropa chempionatlarida mamlakati sharafini himoya qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!