
Zlatan yubiley golini kiritgan o‘yinda "Milan" peshqadamga aylanib oldi
Italiya A Seriyasi 21-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Krotone" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 30-daqiqada Zlatan klublardagi faoliyati davomidagi 500-golini kiritib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uning o‘zi 64-daqiqada dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Ante Rebich 2 daqiqa ichida 2 ta gol urib, raqibning tor-mor keltirilishida o‘z hissasini qo‘shdi.
Ushbu g‘alaba natijasida "rossonerilar" hisobidagi ochkolar soni 49 taga etdi va ular "Inter"dan peshqadam nomini tortib oldi. Yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan "Krotone" 20-pog‘onada qoldi.
Fikrlar