"Zomin" klubi stadioni ayni vaqtda qanday holatda? (Foto)

  • 27 may, 2020, 16:23
  • 0
  • Futbol

O‘zPFL stadionlarni qabul qilish bo‘yicha ishchi guruhi Pro-liga ishtirokchisi bo‘lgan "Zomin" futbol klubi stadionini borib ko‘zdan kechirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

maydon3

Xabarda aytilishicha, maydon maysasi, yugurish yo‘lagi, tablo va 4300 nafar muxlisga mo‘ljallangan tribuna tayyor holatga keltirilgan.

Shuningdek, 200 ta SIP toifasidagi o‘rindiqlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ikkita kiyim almashtirish, hakamlar va komissar xonalari kerakli jihozlar bilan ta’minlanadi.

maydon2

"Ishchi guruh tomonidan media tribuna, IIV xodimlari uchun maxsus joy belgilab berildi. Stadion yoritish tizimi uchun Superliga klublari bilan ancha yillardan buyon hamkorlik qilib keladigan "Phillips" kompaniyasi yoritgichlarini o‘rnatish ishlari boshlangan.

Qayd etish joiz, maydon maysasi malakali mutaxassislar nazoratida etishtirilgan va ayni damda stadion maysasi qoniqarli holatda.

Qolaversa, hozirda tabiiy va sun’iy qoplamaga ega bo‘lgan klub bazasi qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlarni amalga oshirishda "Nasaf" akademiyasi bazasini o‘rganib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!