Zubayra Tuxugov: "Pyotr Yan va Merab Dvalishvili jangi oson o'tmaydi, biroq..."
Rossiyalik taniqli MMA ustasi Zubayra Tuhugov o‘ta engil vaznda amaldagi UFC chempioni Pyotr Yan va gruziyalik Merab Dvalishvili o‘rtasidagi trilogiya uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Merab qanchalik ko‘p tayyorgarlik ko‘rmasin, Pyotr yanada yaxshiroq jang qiladi. Chunki u o‘ziga xos xarakterga ega. To‘g‘ri, bu bahs oson bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Biroq Yanning g‘alabasiga ishonchim komil", - dedi Tuhugov "Gorilla Fighting" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr Yan va Merab Dvalishvili to‘qnashuvi 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar