Zuma faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
"Vest Xem" vakili Kurt Zuma qishki transferlar oynasida londonliklarni tark etishi mumkin. Uning keyingi manzili Saudiya Arabistoni bo‘lish ehtimoli bor, deya xabar bermoqda "90 MIN" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, "bolg‘achilar" uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan himoyachilar ro‘yxatini tuzmoqda. Variantlar orasida Edson Tapsoba va Xarri Maguayr kabi futbolchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, Zuma 2021 yili "Chelsi"dan "Vest Xem" tarkibiga kelib qo‘shilgan. Frantsuz uchbu mavsum jamoasi tarkibida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar