“Brayton”  Trossardga kelgan birinchi taklifni rad qildi

  • 16.01.2023 23:42
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Brayton” futbolchisi Leandro Trossard qishda klubni tark etishi kutilmoqda. Uning klub bosh murabbiyi De Zerbi bilan aloqalari yomonlashgach, ketishi aniq bo‘lib ulgurgan.

28 yoshli vinger uchun kurashda “Tottenxem” favorit bo‘lib turibdi. London klubi belgiyalik uchun 12 million evro taklif qildi va rad javobini oldi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Trossard ushbu mavsum barcha chempionatlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!