“Siti”dan to‘rtta gol egan “Real” himoyaga 19 yoshli futbolchini olib keladi

  • 18 may, 2023, 13:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xususan, madridliklarda himoya chizig‘ini mustahkamlashga ehtiyoj bor.

Tecno

Klub skautlari orqa chiziqqa portugaliyalik himoyachi Antoniu Silvaning salohiyatini yuqori baholamoqda. 19 yoshli futbolchi Lissabonning “Benfika” jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Silva 2022 yildan beri asosiy tarkib vakili hisoblanadi. Shu bilan birga o‘tgan yilning noyabr oyidan Portugaliya terma jamoasiga ham jalb etilmoqda va hozirgacha uchta uchrashuvda qatnashishga ulgurdi.

Todofichajes nashrining xabar berishicha, “qirollik klubi” bu transferni yozda amalga oshirmoqchi va mavsum yakunlanishi bilan Lissabon klubiga rasmiy taklif yuboradi.

Joriy mavsumda Portugaliya chempionatida 29 ta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan futbolchi 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!