"Atletiko"ning ikki etakchisi Turindagi javob bahsini o‘tkazib yuboradi

  • 21.02.2019 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi futbolchilari Diego Kosta va Tomas Parti 12 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishmaydi.

Gap shundaki ushbu futbolchi kecha Madridda bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilishdi. Bu esa ularning turnirdagi 3-sariq kartochkasi bo‘ldi. Shu sababli ular endi musobaqaning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur.

Eslatib o‘tamiz, kechagi o‘yinda “Atletiko” “Yuventus” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!