Endi Busketsning tovon puli 500 million evro bo‘ladi
“Barselona” klubi va yarim himoyachi Serxio Buskets yangi shartnoma iimzolashga yaqin turishibdi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar yangi shartnoma borasida o‘zaro kelishuvga erishishgan va bu sentyabr oyida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Aytish lozimki, bu shartnoma amaldagi kelishuv muddatini uzaytirmaydi, faqatgina ba’zi bandlarga o‘zgartirishlar kiritiladi holos.
Eslatib o‘tish lozimki, Busketsning imzolagan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan. Lekin, tomonlarning roziligi bilan ushbu kelishuv 2023 yilga qadar uzaytirilishi mumkin.
Biroq, shartnomaga kiritiladigan o‘zgartirishlardan so‘ng uning tovon puli 200 milliondan 500 milliongacha ko‘tariladi, shuningdek futbolchining maoshi ham oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Buskets “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008 yildan buyon ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida Buskets “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 300dan ortiq uchrashuvda ishtirok etib, 28ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar