Isko uchun "Yuventus" ham kurash boshladi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko "Yuventus"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” tez orada 26 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha “qirollik klubi”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Isko bosh murabbiyi Santyago Solari bilan munosabatlari yaxshi emasligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Aytish kerakki, Iskoning transfer bahosi 90 mln evroga baholanmoqda. Bundan avvalroq Isko qishda “Manchester Siti”ga o‘tmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Isko “Real” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar