
Isko faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekanligini aytdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko qishki transferlar chog‘idayoq jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchi “qirollik klubi”dagi jamoadoshlaridan biriga faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirish istagi boriligini aytgan.
Ta’kidlash kerakki, “Real” rahbariyatini Iskoning ayni damdagi sport formasi qoniqtirmayapti va shu bois ham uning transferi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar