"Kardiff" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi
Frantsiyaning “Nant” klubi hujumchisi Emiliano Sala faoliyatini APLda davom ettiradigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra “Kardiff” 28 yoshli argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Ushbu transfer esa ularga 20 mln evroga tushgan. E’tiborlisi, Sala shu tariqa “Kardiff” klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.
Ma’lumot uchun. Sala joriy mavsum Frantsiya chempionatida o‘z hisobiga 12ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar