Kazemiro safga qaytdi

  • 07.12.2018 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Kazemiro jarohatidan forig‘ bo‘lib bugundan mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchi “qirollik klubi”ga BAAda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yordam bera oladi.

Ma’lumot uchun, Kazemiro 11 noyabr kuni “Selta”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Real” lazaretida Nacho, Toni Kroos, Serxio Regilon va Mariano Dias kabi futbolchilar qolishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!