“Liverpul” Fekirning transferi bo‘yicha yana muzokaralarni boshladi
Frantsiyaning “Lion” klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir baribir “Liverpul”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bleacher Report nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar 24 yoshli jahon chempionining transferi borasida muzokaralarni yana boshlab yuborishgan. Bu borada esa yakuniy qaror shu haftaning o‘zidayoq qabul qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, dastlab “Liverpul” Fekirning avvalgi jarohati sabab uni sotib olishni istamagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar