"Nant" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

  • 23.08.2018 23:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gollandiyaning "Bryugge" klubi yarim himoyachisi Entoni Limbombe faoliyatini "Nant"da davom ettiradigan bo‘ldi.

E’tiborlisi, frantsuz klubi 24 yoshli futbolchi uchun gollandiyaliklarga 8 million evro to‘ladi va bu bilan o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Limbombe "Bryugge" safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu klub safida jami 67ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. U shuningdek Belgiya terma jamoasida ham 1ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!