Olga Danilovich rus malikasini mag‘lub qildi

Rossiya poytaxtida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan "Moscow River Cup" turnirida serbiyalik Olga Danilovich bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

U musobaqaning final bahsida rossiyalik iste’dodli tennischi Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan uchrashuvda Olga 7:5, 6:7, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Ushbu g‘alaba Danilovichga 163,265 AQSh dollari va 280 reyting ochkosini keltirdi. Olga uchun mazkur sovrin faoliyatidagi birinchisidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!