Olimpiya terma jamoamiz bugun Vetnamdagi xalqaro turnirda ishtirokini boshlaydi

  • 03.08.2018 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek, 1997 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Vetnamdagi musobaqada ishtirok etadi.

Bugun futbolchilarimiz guruhdagi ilk o‘yinlarini o‘tkazadilar. Ushbu bahsda terma jamoamizga ummonlik futbolchilar raqiblik qiladilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:30da boshlanadi.

Futbolchilarimizning navbatdagi o‘yinlari Falastin va Vetnam terma jamoalariga qarshi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz Vetnamdagi xalqaro turnirga quyidagi tarkibda jo‘nab ketgan:

Darvozabonlar:
Hamraev Dilshod (“Navbahor”)
Karimov Sarvar (“Qo‘kon-1912”)

Himoyachilar:
Alijonov Ilhom (“Nasaf”)
Abdullaev Ibrohim (“Surxon”)
Ismailov Ergash (“Buxoro”)
Hoshimov Doniyor (“Metallurg”)
Nasrullaev Sherzod (“Nasaf”)
Rustamov Oybek (“Qo‘kon-1912”)

Yarim himoyachilar:
Ismoilov Abrorbek (“Neftchi”)
Qodirqulov Sanjar (“Bunyodkor”)
Azimov Sardor (“So‘g‘diyona”)
Nurulloev Suhrob (“Metallurg”)
Ahmadov Jahongir (“Paxtakor”)
To‘xtasinov Nurillo (“So‘g‘diyona”)
Ikromov Farruh (“Bunyodkor”)
Abdullaev Abdulla (“Bunyodkor”)
Yo‘ldoshev Ibrohim (“Metallurg”)
Amonov Azizbek (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:
Xolto‘raev Jasur (“Sho‘rtan”)
To‘raev Akobir (“Buxoro”)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!