Oskar De La Xoyya: Taqiqlangan moddalar Alvaresning organizmida bo‘lishi mumkin

  • 25.06.2018 16:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks

Avvalroq xabar berganimizdek, o‘rta vazn toifasining WBC, WBA Super, IBF, IBO kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin Saul Alvares bahsi 15 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Alvaresning promouteri Oskar De La Xoyya ushbu jangdan oldin o‘z fikrini bildirdi.

- Bugungi kunga kelib, Kanelo Meksikada juda mashhur shu sababdan uni mamlakatdagi ovqat hamda klenbuteroldan (ozaytirish vositalari - Sports.uz) saqlash kerak. Mamlakatdagi vaziyat shuni taqazo etishi mumkinki, oziq-ovkat iste’mol qilish orqali turli hil taqiqlangan moddalar sportchining organizmida paydo bo‘lishi mumkin.  - deya Oskarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Boxingscene nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!