Pepe: "Real" markaziy himoyachilar qabristoni edi
Yaqindagina “Portu” bilan shartnoma imzolagan himoyachi Pepe o‘zining “Real”dagi faoliyatini xotirladi.
“Real”ga kelgan paytim u er markaziy himoyachilar qabristoni edi. Chunki, u erga kelganlarning barchasi asosiy tarkibga kira olmasdi. Biroq, “Portu” meni shunday tayyorladiki, men “Real”da 10 mavsum to‘p surdim. Hech bir himoyachi men qilgan ishni qila olmadi”, - deydi Pepe.
Ma’lumot uchun, Pepe “qirolli klubi” safida 2007-2017 yillarda to‘p surdi.
Fikrlar