Aleksandr Usik Rikardu Kuarejma, Luish Nani va Petr Chex kabi yulduzlar bilan bir maydonda to‘p tepdi
38 yoshli ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Lissabonda o‘tkazilgan "Dunyo afsonalari" va "Portugaliya afsonalari" o‘yinida ishtirok etdi.
Ushbu bahsdan so‘ng, Usik o‘z sahifasida shunday yozdi:
"Biz jahon afsonalari bilan xayriya futbol o‘yinida qatnashganimizdan faxrlanamiz. Sport — dunyoni yaxshilash uchun kuchli vosita!"
Ma’lumot uchun, ukrainalik bokschi 22-daqiqada shved hujumchisi Xenrik Larrson o‘rniga maydonga tushgandi, biroq 39-daqiqada o‘rnini frantsiyalik Yuri Jorkaefga bo‘shatdi. Uchrashuvda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollarni Pepe, Luish Figu, Elder Poshtiga, Pedru Pauleta va Maykl Ouen kiritdi. Shuningdek, maydonda Rikardu Kuarejma, Luish Nani, Marek Gamshik va Petr Chex kabi mashhur futbolchilar ham to‘p tepdi.
Fikrlar