Alli "Komo"ni tark etdi
Italiyaning "Komo" klubi yarim himoyachi Dele Alli bilan shartnomani bekor qilganini rasman ma’lum qildi.
"Dele muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohladi. Ammo u klubning yaqin rejalariga kirmagani sababli, ikki tomon transfer oynasi yopilishidan oldin yo‘llarni ajratish to‘g‘ri deb hisobladi. Biz unga "Komo"da o‘tkazgan vaqti uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatida omad tilaymiz", – deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, ingliz futbolchisi joriy yilning mart oyida "Milan"ga qarshi bahsda "Komo" safida debyut qilgandi. U 81-daqiqada maydonga tushib, 90-daqiqada qizil kartochka olgan. Shu paytdan beri u boshqa o‘yinlarda maydonga chiqmadi.
Shu tariqa, Dele Alli ikki yarim yilda bor-yo‘g‘i bitta o‘yin o‘tkazish bilan cheklandi.
Fikrlar