Amorim: "Brununi almashtirib bo‘lmaydi, ammo echim topamiz"

  • 24.12.2025 22:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa Brunu Fernandeshsiz qanday harakat qilishi haqidagi savolga javob berdi.

Mankunianliklar sardori APLning 17-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi o‘yinning (1:2) birinchi taymida mushak jarohatini olgan edi. Ilgari Brunu taxminan bir oy maydondan chetda qolishi mumkinligi xabar qilingan.

— Bizda boshqa futbolchilar ham bor. Balki o‘yinda turli variantlarni sinab ko‘rishimiz kerak bo‘lar. Menimcha, Jek Fletcher o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Shuning uchun bunday imkoniyatlar paydo bo‘lganda, Jek kabi futbolchilarga va boshqalarga ham ishonish kerak. Biz o‘yin uchun echim topamiz.

Brununi to‘liq almashtirib bo‘lmaydi, buni bugun ertalab jamoaga ham aytdim. Ammo agar bu vaziyatdan qandaydir foyda chiqarish mumkin bo‘lsa, shunga harakat qilishimiz kerak. Ko‘plab futbolchilar o‘zini ko‘rsatishi lozim. Bu barcha uchun faollashish va hamma narsani bitta insonga bog‘lab qo‘ymaslik kerakligini anglash uchun yaxshi imkoniyat.

Ba’zi paytlarda biz o‘yinni tashkil etish va vaziyatlar yaratishda unga tayanamiz. Endi esa bu boshqa futbolchilar uchun o‘zini namoyon qilish va jamoaga kerak bo‘lgan etakchilik fazilatlarini ko‘rsatish imkoniyati, — dedi Amorim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!