Ana xolos! MYu sardori qamoqqa hukm qilindi

  • 26.08.2020 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Gretsiyada noxush vaziyatga tushib qolgan “Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayr sud tomonidan shartli ravishda 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.  

Sud ingliz futbolchisini politsiyaga hujum qilish, hibsga qarshilik ko‘rsatish va pora berishga urinishda aybdor, deb topdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Mikonos orolidagi ta’til vaqtida do‘sti va akasi bilan mushtlashuv keltirib chiqargan. Qo‘liga kishan solinganiga qaramay, Maguayr politsiyachiga jarohat etkazgan.

- Biz aybdor emasligimizni qat’iy tarzda ta’kidlayman. Men, oilam va do‘stim mana shu vaziyat qurbonimiz, - deydi futbolchi.

Maguayr sud qaroriga apellyatsiya berishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!