Ana xolos! Ronaldino Braziliyadan tashqariga chiqolmaydigan bo‘lib qoldi
Braziliyalik afsonaviy futbolchi – Ronaldinoning qonun bilan ishlari tobora yomonlashmoqda.
Esingizda bo‘lsa Braziliya sudi 2015 yil Port-Allegri qirg‘oqlarida ekologiyaga zarar etkazgani uchun futbolchi va uning akasi 2,3 mln evro jarimaga tortilishgan edi. Ammo, ular sudning bu qarorini e’tiborsiz qoldirishdi. Bu esa ularga nisbatan yangi sanktsiyalar qo‘llanishiga olib keldi.
Reuters agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra sud Ronaldinoni Braziliyadan tashqariga chiqishni ta’qiqlab qo‘ydi. Bundan tashqari unga tegishli 57 ta ko‘chmas mulk qo‘lga olingan.
Fikrlar