"Andijon"da legionerlar limiti to‘lmoqda
"Andijon" klubi Antaliyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Seleksiyada koʻplab yangi va tajribali oʻyinchilar qoʻshib olinganini bilasiz. Jumladan, saviyali legionerlar ham jamlanmoqda.
Hozirga qadar "Andijon"da Dragan Cheran, Nemanya Chalasan, Aleksandr Andronikashvili, Imeda Ashortia va oʻtgan yilgi futbolchisi Kristian Novak bor. Yana bitta legioner olinsa limit toʻladi. Igor Golban esa legioner hisoblanmaydi.
Maʼlumotlarga qaraganda, xorijlik tajribali hujumchining kelishi kutilmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar