Andrey Lunin "Real"dan ketmoqchi. Chunki...

  • 15.10.2021 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi darvozaboni Andrey Lunin jamoadan ketish payiga tushgan. Bu haqda Fichajes.net xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli ukrainalik golkiper “qirollik klubi”dagi holatidan norozi bo‘lmoqda va shu sababli unga muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlaydigan jamoaga o‘tmoqchi. Unga esa Evropa klublaridan bir qator takliflar bor.

Andrey Lunin joriy mavsum "Real" safida birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!