Angliya klubi “Real” yulduzi bilan muzokara boshladi
“Tottenxem” yozgi transferlar oynasi davrida tarkibida jiddiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga qaror qildi. Xususan, klub rahbariyati himoya chizigʻini mustahkamlaydi.
Londondiklar ana shu maqsadda Madriddning “Real” jamoasidan ketishi kutilayotgan germaniyalik mashhur markaziy himoyachi Antonio Ryudigerni jamoaga qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni boshladi.
Angliya klubi tajribali futbolchi bilan kelasi yozda shartnoma imzolamoqchi boʻlayotganini TEAMtalk nashri ham tasdiqladi.
Manba maʼlumotiga koʻra, “Tottenxem” mutasaddilari amaldagi shartnomasi yakunlanayotgan Ryudigerni “Real” bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka hozirdan koʻndirib qoʻymoqchi va mavsum yakunlangandan keyin uni erkin agent maqomida bepul qoʻlga kiritmoqchi.
Ryudigerning oʻzi hozircha kelajagi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishga shoshilmayapti, ammo u yana Angliyada oʻynash variantiga moyillik bildirayotgani aytilmoqda. Chunki avvalroq, Antonioga “Vest Xem” va “Kristal Pэlas” dan ham chorlov boʻlgan edi.
Shuningdek, himoyachida faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish imkoniyati ham bor, u yerda unga katta moliyaviy takliflar berilmoqda.
Fikrlar