Angliya superklubi “Real” futbolchisini sotib oladi

  • 04.12.2025 06:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi va “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Caught Offside saytining xabar berishicha, 23 yoshli frantsiyalik o‘yinchini Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”  o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Kamavingani qo‘lga kiritish uchun madridliklarga 60 million evro atrofida badal puli taklif qilmoqchi.

Kamavinga joriy mavsumda barcha musobaqalarda 14 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urgan va bir golli pas bergan. Uning “Real” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi. Transfermarkt ekspertlari futbolchini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!