APL yangi mavsum to‘pini namoyish qildi (FOTO)
Angliya premer-ligasining yangi mavsumida foydalaniladigan to‘p rasman namoyish etildi.
Yangi to‘p ham APLning texnik hamkori hisoblangan AQShning Nike kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Aytish lozimki, premer-liganing yangi mavsumi 14 avgustda boshlanadi.
O‘tgan mavsum chempionlik "Manchester Siti"ga nasib etgan edi. Kuchli uchlikdan esa "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" joy oldi.



Fikrlar