Arbeloa raqibdan cho‘chiyapti

  • 20.03.2026 17:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Yevropa Chempionlar ligasidagi keyin raqib – “Bavariya” haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, “Bavariya”ga qarshi o‘yin madridliklar uchun juda og‘ir sinov bo‘ladi.

Arbeloa “Bavariya”ni Yevropa futbolining eng kuchli jamoalaridan biri sifatida tan oldi. U jamoaning yuqori saviyasi, tajribali futbolchilari va barqaror o‘yini alohida ta’kidladi.

Uning fikricha, bunday raqibga qarshi o‘yinda har bir kichik detal ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Jamoa maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rishi va xatolarni kamaytirishi kerak.

Arbeloa shuningdek, “Real” ham katta tajribaga ega ekanini va bunday o‘yinlarga tayyor bo‘lishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi bahslar har doim qiziqarli va yuqori darajadagi kurash bilan o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!