Arbeloa “Real” mag‘lubiyatida aybdorni aytdi
Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining sakkizinchi turida “Real” futbolchilari Lissabonda “Benfika”dan 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu natija tufayli madridliklar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finaliga chiqish imkoniyatini boy berdi.
Uchrashuvdan keyin “Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘yini oxiridagi vaziyat, ya’ni chetlatishlar haqida jurnalistlar savoliga javob berdi. Uchrashuvning 90+2-daqiqasida Raul Asensio ikkinchi sariq kartochkasini oldi, besh daqiqadan keyin Rodrigo Goes ham ikkinchi bor ogohlantirilib, maydonni tark etdi.
- O‘yin oxiridagi chetlatishlar haqida nima deyishim mumkin? Men budan juda qattiq hafaman.
Bu ikki futbolchi his-tuyg‘ular ustidan nazoratni yo‘qotishdi. Bor gap shunda. Hakamlikni muhokama qilmayman. Natija uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman, - dedi Alvaro Arbeloa.
Fikrlar